Qonun nima deydi?

O‘zbekistonda elektrsamokatlar endi rasman transport vositasi, ya'ni “shaxsiy harakat vositasi” sifatida tan olingan. Shuning uchun quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:

14 yoshdan boshlab haydash mumkin. Yosh bola ko‘chada minib yursa, ota-onasiga jarima yoziladi.

Faqat bitta odamga ruxsat. Ikki kishi bo‘lib haydash (hatto bola bo‘lsa ham) taqiqlangan. Yuk tashish ham mumkin emas.

Avtomobil yo‘lida faqat o‘ng chet bo‘ylab harakatlanish mumkin, maksimal tezlik — 20 km/soat. Trotuarda — 10 km/soatgacha. Har doim piyodalarga yo‘l beriladi.

Piyodalar o‘tish joyidan tushib o‘tish kerak. Samokatda kesib o‘tish taqiqlangan. 

Tunda yoki qorong‘ida ko‘rinadigan bo‘lish shart. Kiyimda yoki samokatda aks ettiruvchi elementlar yoki chiroq bo‘lishi kerak.

Mast holatda haydash, noto‘g‘ri joyda yurish yoki samokatni xohlagan joyda tashlab ketish taqiqlangan.

To‘liq ro‘yxat Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan.

Kamron Omadov samokatda piyodalar yo‘lagidan qanday o‘tish kerakligini amalda ko’rsatib bergan

Qoidani buzsa nima bo‘ladi?

Jarima yoziladi. Miqdori holatga bog‘liq – eng kamida BHMning 1/3 qismi, 2025 yil may holatiga ko‘ra bu 125 000 so‘m.

Qoidabuzarlikni YPX xodimlari, videokameralar, hatto ijaraga beruvchi ilovalar ham aniqlaydi.  Samokatni noto‘g‘ri joyda qoldirsangiz yoki yo‘l qoidalarini buzsangiz, jarima yechilishi yoki akkauntingiz bloklanishi mumkin.

Boshqalar qoidani buzsa-chi?

Ko‘chada samokatda yomon haydab yurganlarni ko‘rdingizmi? Befarq bo‘lmang. Ilovadagi texnik yordamga shikoyat yozing. Sizdan samokat raqami, vaqt, joy so‘rashadi va chora ko'rishadi.

Jet bizga shunday javob qaytardi

Bunday holatlar — nafaqat haydovchining, balki atrofdagilarning ham hayoti uchun xavfli. Oxirgi vaqtlarda samokat ishtirokidagi YTHlar ko‘paymoqda. Asosiy sabablari: trotuarda tez yurish, belgilarga amal qilmaslik, shlemsiz chiqish va tezlikni oshirish.

Yana xavfsizlik haqida 

O‘zingizni asrash uchun mana bu qoidalarga ham amal qiling:

Shlem kiying. Yiqilsangiz, bosh jarohati olish ehtimoli katta.

Quloqchin taqmang. Atrofdagi tovushlarni eshitish muhim – ayniqsa, mashinalar yoki odamlarga yaqinlashganda. 

Itlar yonidan ehtiyot bo‘lib o‘ting. It qo‘rqib samokatga tashlanishlari mumkin.

Piyodalar va mashinalar yonida sekin yuring. Trotuarda ham, yo‘lda ham ularga yo‘l berish kerak. 

Qayerdan samokat olish mumkin?

Toshkent shahrida servislar ko’p. Biz eng mashhur 4-tasini tanladik: Yandex Go, YOTO, JET va IZZY.

Yandex Go

Samokatni Yandex Go ilovasining o‘zidanoq topish mumkin — ilova yaqin atrofdagi samokatlarni va taqiqlangan hududlarni ko‘rsatadi.

Samokatgacha yetib borish uchun 10 daqiqa bepul kutish vaqti bor. Har bir daqiqaga 100 so‘m sug‘urta qo‘shiladi. Ichki valyuta sotib olish shart emas — to‘lov avtomatik tarzda ilovaga ulangan kartadan yechiladi.

Ko‘plab samokatlar metro bekatlari yonida joylashgan. Hozircha faqat shahar markazida bor.

Narxlar: 1 daqiqa uchun 890 so‘mdan boshlab.

Paketlar:

YOTO

Ilovani yuklab olish kerak. Hudud qamrovi katta — faqat kulrang (taqiqlangan) zonalarda yurish mumkin emas.

Samokatlar qulay: tormozlari tez ishlaydi, telefon qo‘yish uchun maxsus joy bor. Yurib bo‘lgach, samokatni albatta belgilangan joyga qo‘yish kerak — yo‘lda tashlab ketish taqiqlangan.

Narxi: start — 1190 so‘m, har daqiqa — 990 so‘m.

Paketlar:

Jet

Alohida ilovani yuklab olish kerak. Unda qayerda yurish va qayerda to‘xtash mumkinligi aniq ko‘rsatilgan.

Hudud qamrovi eng katta — boshqa xizmatlarga qaraganda ko‘proq joyni o‘z ichiga oladi. Ijarada ko‘plab yangi samokatlar bor, lekin ba'zilarida hali raqamli belgilar yo‘q — bu qonun talabiga zid.

Narx: start — 1900 so‘m, daqiqa — 790 so‘m.

Paketlar:

IZZY

Faqat 18 yoshdan boshlab foydalanish mumkin. Harakatni boshlash uchun hisobingizda kamida 20 000 so‘m bo‘lishi kerak — uni Payme orqali to‘ldirish mumkin.

Ilovaning o‘zida sug‘urtani ham rasmiylashtirish mumkin. Agar baxtsiz hodisa ro’y bersa yoki samokat shikastlansa, shartnoma asosida davolanish xarajatlari yoki ta’mirlash summasi qoplanadi.

Narxlar:

Paketlar:

Xulosa

Elektrsamokat — ekologik toza va shahar ichida yurish uchun qulay transport vositasi. Lekin kamchiliklari ham yo’q emas: yomg‘irda haydash noqulay, narxi esa ko‘pincha taksi bilan bir xil. Shunga qaramay, hordiq va sayr uchun juda yaxshi variant.

Faqat xavfsizlik va o’zaro hurmatni unutmagan holda haydashni unutmang.